Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojatlar joyida o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Xidirov Xavotog‘ QFYga qarashli Uchturgon qishlog‘ida bo‘lib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan xonadonlarda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqot jarayonida ularning taklif va mulohazalari ham tinglanib, muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4