Yurtimizda keyingi yillarda atrof, tabiiy-muhitga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi. Yurtimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxtlar ekish muntazam oshirilib kelinmoqda. ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.
Jumladan bugun Payariq tumanida ham daraxt ko‘chatlari ekildi. Tumandagi yangi bog‘lar barpo etildi, yo‘l yoqalariga, mahallalarning ochiq yer maydonlariga turli hildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek daraxt ekish bilan bir qatorda yaroqsiz holga kelib qolgan ko‘chalar ta'mirlandi, tosh to‘kildi, qabristonlar obodonlashtirildi. Daraxt ekish ishlarida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdilar.