O‘zXDP partiyasi Chinoz tumani Kengashi raisiga 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direksiyasi tomonidan yuborilgan xatiga asosan, “Живая классика” Xalqaro konkursda ishtirok etib, tuman va viloyat bosqichida 1-o‘rinni olib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 6-“A” sinf o‘quvchisi Abduraxmonov Temur va rus tili o‘qituvchisi Sveshnikova Oksana Nikolaevna birgalikda Farg‘ona viloyatiga Respublika bosqichiga katnashish uchun 1.500. 000 (bir million besh yuz ming) so‘m moddiy yordam berish masalasi deputatlar ishtirokida o‘rganildi va iqtidorli o‘quvchiga deputatlarimizdan F.Ibragimov, A.Baxramov, O.Dadajonov, E.Ozotov va viloyat Kengash deputati A.Xudoyberganovlar tomonidan moddiy yordam berildi.
Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarii uchun A.Xudoyberganov tilak bildirib, o‘z hisobidan 2.700.000 (ikki million yetti yuz ming) so‘m mablag‘ ajratdilar.