Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari 99-sessiyasi tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitilib, qarorlar tasdiqlandi.
Sessiya davomida "Ayollar daftari" 5-bosqichini shakllantirish, tumandagi mavjud ro‘yxatga olinmagan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tuman mahalliy byudjeti daromadlarining shakllanishi, o‘tgan yilda qabul qilingan yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sessiya ishini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:https://www.facebook.com/share/v/baAWt66ms9DPvK4w/?mibextid=qi2Omg