35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
21 август 2026

“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif!

img#24_ta_tavsiyaviy_savol #Mustaqillikning_35_yilligi #Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati “Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif! Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2-“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputati G. Muradova oʻz hududidagi 124-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, mudira Yulduz Yakubova bilan konstruktiv muloqot oʻtkazdi. Oʻrganish davomida mazkur muassasadagi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya jarayonlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yaqindan koʻzdan kechirildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish va guruh xonalaridagi mavjud qulayliklar oʻrganilib, muassasa rahbariyati bilan fikr almashildi. Deputat tomonidan bogʻcha faoliyatini yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Saylov okrugidagi ijtimoiy soha obyektlarini doimiy nazorat qilish ishlari davom etadi. Muassasa tarbiyalanuvchilaring mustaqillik bayramining 35 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan bayram dasturiga tayyorgarlik ishlari bilan ham tanishdi. 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

I. Xudaykulov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.

img#24_ta_tavsiyaviy_savol #Mustaqillikning_35_yilligi #Deputatlik_nazorati #Hamkorlik_faoliyati Kengash kotibiyati mudiri v.v.b I.Xudaykulov tomonidan deputat oʻrni boʻsh boʻlgan Jaloir okrugida hudud muammolari oʻrganildi Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 20-Doʻstlik saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri v.v.b I. Xudaykulov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi. ✅ Oʻrganish jarayonida tuman masʼullari, Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi yangihayot tumani boʻlimi boshligʻi S.Abdullayev hamrohligida hududdagi obodonlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitariya holati bilan bogʻliq masalalar koʻzdan kechirildi. 📍 Jumladan, Jaloir mahallasi hududidagi mavjud holat, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida eʻtibor qaratildi. 📍 Shuningdek, hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli masʻul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrish boʻyicha fikr almashildi. 🤝 Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish va deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi. Aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida manzilli oʻrganishlar va amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 📍 Deputat hududdagi sanitar holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish borasida masʼullarga muhim vazifalarni belgilab berdi. 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

🏢 Maktab hududidan o‘tgan issiqlik quvirlari ta’mirlanmoqda va bu ta’mirlash ishlari nazoratda!

img#Maktab_292 #Ta’lim #Xavfsizlik #BilimlarKuni #Mustaqillik_35 #Nazorat #KuzQishMavsumi    🏢 Maktab hududidan o‘tgan issiqlik quvirlari ta’mirlanmoqda va bu ta’mirlash ishlari nazoratda! Shu kunlarda "Binokor" mahallasida joylashgan 292-umumta’lim maktabi hududidan o‘tgan issiqlik tizimi quvurlarini ta’mirlash va kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi. Joriy yilda eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2 sentabr — "Bilimlar kuni" keng nishonlanishi arafasida turibmiz. Shu sababli, bayramlarni munosib kutib olish va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida maktab hududidagi ta’mirlash ishlarini sifatli va tezkorlik bilan yakunlash, ish sur’atini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. ⚠️ Eng muhim masala — xavfsizlik! Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sayin maktab hududida bolalar va ularning ota-onalari qatnovi sezilarli darajada ko‘paygan. Shuni inobatga olgan holda, ta’mirlash ishlarini olib borayotgan mutasaddilar va ishchilarga qurilish-ta’mirlash maydonida ehtiyotkorlik choralarini maksimal darajada kuchaytirish, xavfsizlik lentalarini tortish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha jiddiy talablar qo‘yildi. Farzandlarimizning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi, ularning xavfsizligi ta’minlanishi barchamizning eng asosiy vazifamizdir! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

🌿 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.

img#Mustaqillik_35 #Binokor #Deputat #MahallaEttiligi #YashilMakon #Dolzarb40kun #ObodMahalla #Ekologiya   🌿 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi. Xalq deputatlari Kengashining 23-Binokor okrugi deputati U.Nishanbekova mahalla yettiligi bilan birgalikda yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan ko‘chat ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi umumxalq hasharida faol ishtirok etdi. Hashar davomida mahalla binosining yon-atrofi obodonlashtirilib, hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan turli xil manzarali gul ko‘chatlari ekildi. Birgalikda qilingan bu mehnat mahalla ahlining jipsligini va o‘z hududiga bo‘lgan mehrini yana bir bor namoyon etdi. 🌳Eko-aksiya ko‘rinishidagi "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarining asosiy maqsadi — yurtimizda misli ko‘rilmagan "Yashil makon" umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etish, atmosfera havosi tozaligini saqlash, global iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish va kelajak avlodga yam-yashil, ekologik toza meros qoldirishdir. Har bir ekilgan nihol — bu ertangi toza havo va sog‘lom avlod demakdir! Shuningdek, tadbir davomida deputat U.Nishanbekova va mahalla faollari tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish bo‘yicha aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi. Bayramga qadar mahalla hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzildi. Ona tabiatni asrash va yurtimizni yashil makonga aylantirish — barchamizning burchimiz! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

✨ "Qadriyatlar ulugʻlangan yurt" — Yangihayotda bayram shukuhijoʻsh urmoqda!

img#Mustaqillikning_35_yilligi ✨ "Qadriyatlar ulugʻlangan yurt" — Yangihayotda bayram shukuhijoʻsh urmoqda! Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Yangihayot tumanida ham keng koʻlamli madaniy-maʼrifiy tadbirlar yuqori ruhda davom etmoqda. ✅ Joriy yilning 21-avgust kuni "Marhamat" mahallasi faol nuroniylari hamkorligida tumandagi 331-sonli umumtaʼlim maktabida koʻtarinki kayfiyatda maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot va bayram ruhida oʻtgan tadbirda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari I. Xudayqulov va B. Mirzoqulovlar ishtirok etib, yigʻilganlarni eng ulugʻ, eng aziz bayram — istiqlol ayyomi bilan samimiy tabrikladilar. Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning oʻrni va ibrati alohida taʼkidlandi. Nuroniylar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar barcha ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi. 🇺🇿 Yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy boʻlsin! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?

img#Deputatlik_nazorati #Yangihayot 🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda? Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 43-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Suhrob Saifnazarov hamda Yangihayot tumani Kengashi deputati Dilshoda Xursandova 335-umumta'lim maktabida boʻlib, 2026–2027-yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini yaqindan oʻrganishdi. Oʻrganish davomida maktab direktori Iroda Babaeva bilan muloqot oʻtkazilib, quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi: ·         Sinf xonalari va moddiy-texnik baza: Oʻquvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sinf xonalarini yangi oʻquv yiliga toʻliq tayyorlash holati koʻzdan kechirildi. ·         Isitish tizimi va tayyorgarlik: Kuz-qish mavsumiga puxta hoʻgʻirlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. ·         Muammolar va takliflar: Ta'lim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarga qulay muhit yaratish yoʻlidagi mavjud vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 🎯 Maqsad: Farzandlarimizning zamonaviy talablar darajasida ta'lim olishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish va mavjud jarayonlarni doimiy deputatlik nazoratida saqlashdir. Maktab jamoasiga va kelgusi o'quv yilida barcha o'quvchilarimizga ulkan zafarlar tilaymiz! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!
20 август 2026

📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!

img#162_ta_eng_muhim_qonun #Qonun_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Yangihayot #DavlatTili #JamoatchilikNazorati 📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda! Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini ta’minlash hamda hududlarda qonun ustuvorligiga erishish yo‘lida qator amaliy ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, deputat Xayotxon Kuchkarova tomonidan ushbu qonun ijrosini ta’minlash doirasida Yangihayot tumanida muhim ishchi uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Maxkamov hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining mas'ul vakillari ishtirok etdilar. 👥 Uchrashuvda asosiy eʼtibor qaratilgan yo‘nalishlar: ·         Qonun ijrosini nazorat qilish: “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qat'iy rioya etilishini monitoring qilish. ·         Tashqi reklamalarni tartibga solish: Tuman hududidagi ko‘cha va xiyobonlarda o‘rnatilgan tashqi reklama, peslavha, e’lon va ko‘rgazmali axborot vositalarining “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga, imlo qoidalariga hamda shaharsozlik normalariga to‘liq mos kelishini o‘rganish. ·         Targ‘ibot va tushuntirish ishlari: Tadbirkorlar va tashkilot rahbarlariga tashqi reklamalarni rasmiylashtirishda davlat tili qoidalariga qat'iy amal qilishlari zarurligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Jarayon davomida mas’ullar ishtirokida fuqaroga ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish qonun-qoidalari tushuntirilib, aniqlangan muammo joyida o‘z yechimini topdi. 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!

img#MilliyTiklanish #DeputatNazorati 📌 Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik! “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar D.A. Xursandova va B.T. Mirzoqulovlar saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi maktablarda boʻlib, oʻrganish ishlarini davom ettirmoqdalar. Navbatdagi manzil – 331-sonli umumtaʼlim maktabidagi tayyorgarlik jarayonlari boʻlib, u yerda maktab direktori J.Sindarova bilan muloqot qilindi va quyidagi muhim masalalar koʻzdan kechirildi: ·         1-sinf oʻquvchilari, mitti bolajonlarimiz ilk qadam qoʻshayotgan sinfxonalar, ularning jihozlanishi va qulayliklari toʻliq oʻrganildi. ·         Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan bolajonlar uchun moʻljallangan sovgʻalar oʻz vaqtida va yetarli miqdorda kelgani nazorat qilindi. ·         Joriy yilda mazkur maktabga 278 nafar oʻgʻil-qizlar 1-sinfga qabul qilingan boʻlib, ularning sifatli taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgani oʻz tasdigʻini topdi. Xalq vakillari joylardagi jarayonlarni oʻz vaqtida oʻrganib, oʻqituvchilar bilan suhbatlashgan holda kerakli tavsiyalar berdilar. Saylovchilar ishonchini amalda oqlash yoʻlidagi bunday ezgu ishlar davom etadi! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!

img#DeputatNazorati Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi! 🤝 Yangihayot tumanida fuqarolarning muammolarini oʻz vaqtida hal etish, ayniqsa, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 4-“Tashabbus” saylov okrugi deputati X. Tillayev hamda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Xatamov hamkorligida yana bir xayrli ish amalga oshirildi. Bolalar uyidan qaytgan 18 yoshli Axmedov Edem Sandjarovichning uy-joy bilan bogʻliq muammosi qisqa fursatda oʻrganib chiqildi. 1-mavze, 38-uy, 2-xonadonga uning qonuniy yashash uchun kiritilishi masalasi mutasaddilar ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. Yoshlarning muammolari eʼtiborsiz qolmayapti, har bir taqdir ortida insoniylik va masʼuliyat turibdi! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!

📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik

img#MilliyTiklanish #DeputatNazorati   📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar D.A. Xursandova va B.T. Mirzoqulov saylov oldi dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida 330-maktabda boʻlib, oʻrganish ishlarini olib borishdi. Oʻrganish davomida quyidagilarga alohida eʻtibor qaratildi: ·         1-sinf oʻquvchilari uchun sharoitlar: Maktabga ilk qadam qoʻyayotgan jajji bolajonlar uchun ajratilgan sinfxonalar, ularning jihozlanishi va barcha qulayliklar koʻzdan kechirildi. ·         Prezident sovgʻalari: Oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan bolajonlarga moʻljallangan Prezident sovgʻalari yetarli darajada va oʻz vaqtida kelgani guvohi boʻldilar. ·         Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik: Taʻlim maskanining yangi oʻquv yiliga hozirlik holati toʻliq oʻrganildi. Joriy 2026–2027 oʻquv yilida mazkur maktabga 230 nafar 1-sinf oʻquvchilari qabul qilingan boʻlib, sinfxonalarda ularning sifatli taʻlim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani oʻz tasdigʻini topdi. Xalq vakillari joylardagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, saylovchilar ishonchini oqlash yoʻlida oʻz faoliyatlarini davom ettirmoqdalar! 🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 👀Bizni kuzatishni davom eting!