Yangibozor tumanidagi ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazorat qilinmoqda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Odilbek Masharibov tumandagi “Mingbog‘olon” mahallasida joylashgan 20-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.
O‘rganish natijasida muassasadagi isitish tizimi, binolarning texnik holati va ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi. Bunday nazorat
tadbirlari ta’lim muassasalarida qulay va xavfsiz muhit yaratish, o‘quv jarayonini uzluksiz tashkil etishga xizmat qiladi.