Vobkent tumani «Shirin» MFY fuqarolari, mahalla faollari hamda mahalladan saylangan tuman Kengashi deputati M.Halimovning sayi-harakatlari natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan faravonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Shirin” MFY aholi tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash maqsadida “Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi buyurtmachiligida 380 mln.soʻmga hududda tik quduq qurildi. Natijada 200 ga yaqin xonadon egalarining tomorqa yerlarini sugʻorish imkoni tugʻildi. Mazkur olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan doimiy nazorat oʻrnatilgan.