Qadriyat mahallasidagi 19-son umumiy o'rta ta'lim maktabida to‘y-marakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, shukronalik bilan hayot kechirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida xalq deputatlari tuman Kengashining 5-Xorazm saylov okrugidan saylangan deputat I.Ortiqov va
14-Cho‘bolonchi saylov okrugidan saylangan deputat D.Matsapayevlar ishtirok etdi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangibozor tumani bo‘linmasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi vakili tomonidan tashkil etilgan bu uchrashuvda ilm-fan, kitobxonlik va sog‘lom dunyoqarashning hayotimizdagi o‘rni
haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, internet tarmoqlari orqali din niqobi ostidagi kimsalar yoshlarni o‘z domiga olib kirayotganliklari turli misollar yordamida tushuntirib berildi.