Tadbirda davlat, jamoat, mahalla
vakillari, nuroniylar va ota-onalar qatnashdilar. Respublika bosqichida qatnashgan maktab “Zakovat” klubi azolari, shaxmat va shashka musobaqasi respublika g‘oliblari, 100000000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritgan maktabning ingliz tili o‘quvchilari jamoasi, huquq fani bo‘yicha respublika olimpiadasi qatnashchisi bitiruvchi K.Avezov va boshqalar, ilg‘or o‘qituvchilar, faol ota-onalar
respublika, viloyat, tumanning tegishli faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. So‘zga chiqqanlar Maktabni bitirayotgan 63 nafar o‘quvchilarga oq yo‘l tilashdi.