Deputatlar ish faoliyatini ertalabdan boshladilar
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 4-Muhandislar saylov okrugi deputati Fazilov Ramiz Yasharovich, 9-Dilbuloq saylov okrugi deputati Maxkamov Javoxir Mirvasilovich, 13-Meros saylov okrugi deputati Ishkuvatov Valikul Turdiyevich, 15-Olimlar saylov okrugi deputati Zaripova Karima Xaxritdinovna, 20-Tepa saylov okrugi deputat Alimov Obid Karimdjonovich hamda 24-Konstitutsiya saylov okrugi deputati Nazarova Farida Abduraximovnalar o‘z ish faoliyatini bugun ertalabdan tizimli ravishda boshladilar.
💻 Xususan, deputatlar kunni “E-kengash” elektron platformasiga kirib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha o‘rganishdan boshladilar.
🔍 O‘rganish jarayonida:
✔️ murojaatlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, ularning dolzarbligi va yechim talab etuvchi jihatlari aniqlashtirildi;
✔️ har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘riladigan choralar belgilab olindi;
✔️ fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratildi;
✔️har bir murojaat deputat nazoratida.
📊 Shuningdek, murojaatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, ularning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
📌 Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish ishlari izchil davom ettiriladi.