Deputat ish faoliyatini ertalabdan boshladilar
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Sayfullayev Talip Vaxabovich o‘z ish faoliyatini bugun ertalabdan tizimli ravishda boshladi.
💻 Xususan, deputatlar kunni “E-kengash” elektron platformasiga kirib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha o‘rganishdan boshladi.
🔍 O‘rganish jarayonida:
✔️ murojaatlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinib, ularning dolzarbligi va yechim talab etuvchi jihatlari aniqlashtirildi;
✔️ har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘riladigan choralar belgilab olindi;
✔️ fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, murojaatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, ularning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
📌 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish ishlari izchil davom ettiriladi.