👥 Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
16-dekabr kuni Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashiga 20-Xovosobod saylov okrugidan saylangan deputat J.Qoraboyev “Xovosobod” MFYdagi "Mahalla yettiligi", mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o'tkazishdi.
⏺️ Uchrashuv davomida deputat va "Mahalla yettiligi" bilan aholining jonli muloqoti davomida takliflar va tashabbuslar ilgari surildi.
⏺️ Muloqot davomida ishtirokchilarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatlar tomonidan atroflicha javoblar va tushuntirishlar berildi.
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari davom etmoqda.