Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
16-dekabr kuni Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashiga 9-Gulbahor saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Ummatov “Gulabhor” MFYdagi "Mahalla yettiligi", mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida Kengashning deputat va "Mahalla yettiligi" bilan aholining jonli muloqoti davomida takliflar va tashabbuslar ilgari surildi.
Muloqot davomida ishtirokchilarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatlar tomonidan atroflicha javoblar va tushuntirishlar berildi.
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari davom etmoqda.