Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashiga “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar
harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi”dan 9 nafar, “O‘zbekiston
Xalq demokratik partiyasi”dan 6 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasidan 4 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 3
nafar va “O‘zbekiston Ekologik partiyasi”dan saylangan 3 nafar deputatlardan
iborat partiya guruhlari ro‘yxatga olindi.
Amaldagi
qonunchilikka asosan tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sessiya ishida
ishtirok etayotgan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov
tomonidan tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori
o‘qib eshittirildi.
Tuman hokimi
lavozimiga nomzod Soliyev G‘anijon Sheraliyevich tomonidan hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot
qilindi.
Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Deputatlar tomonidan
Bag‘dod tuman hokimi lavozimiga Soliyev G‘anijon Sheraliyevich nomzodi
tasdiqlandi.