🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Fayzullo Mirzayev, Ozodaxon Dadajonova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar tomonidan tumandagi “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan "Mahalla yettiligi" a’zolari bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi.
🔷 Mahalliy Kengashga 14-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat F.Mirzayev o‘zi biriktirilgan mahallada “Yoshlar daftari”, "Ayollar daftari"ga kiritilgan yoshlar, xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalarni to‘g‘ri ajratish, yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari harajatlarini qoplash, hududda istiqomat qiluvchi, doimiy murojaatchilarni mahalla Kengashiga taklif qilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahalla faollaridan ham fikr-mulohazalarini olish maqsadga muvofiq ekanligi aytib o‘tildi.