Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman kengashining haftalik ish rejasiga asosan: 18-sonli MTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko'zdan kechirildi

🇺🇿Xalq deputatlari tuman kengashining haftalik ish rejasiga asosan: 18-sonli MTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko'zdan kechirildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, 7-"Yangi yo'l" saylov okrugidan saylangan deputat Safargul Rajabova "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rgandi.

Tashrif davomida deputat ta'lim maskanining isitish tizimlari, qattiq yoqilg'i yoki ko'mir zaxiralari bilan ta'minlanganligi, shuningdek, guruh xonalarining issiqlik holati va mavsumga bo'lgan umumiy tayyorgarlik darajasini yaqindan ko'zdan kechirdi.

Mutasaddilar bilan muloqot chog'ida bolajonlar uchun qish faslida qulay va xavfsiz muhit yaratish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.