Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘ZBEK TILI — MILLIY G‘URURIMIZ VA O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI!

O‘ZBEK TILI — MILLIY G‘URURIMIZ VA O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI!
​
Bugun, 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanimizda ko‘tarinki ruhda va smimiyatga boy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

​Ushbu tantanali tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputatlar, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar faol ishtirok etdilar.

​Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat tilining jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, uni kelajak avlodga sofligicha yetkazish har birimizning fuqarolik va milliy burchimiz ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.