Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

 Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashning tasdiqlangan oylik ish rejasiga asosan tashkil etilgan ushbu yig‘ilishda tuman hayotiga oid muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, 2026-yilning 3-choragi holatiga tuman hokimligi ijro, nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limining hisoboti tinglandi.

Yig‘ilish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

Qonunchilik hujjatlari va yuqori turuvchi organlar topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi;
Ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, ularni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish borasidagi ishlar.

Muhokama yakunida mas’ullarning axborotlari ma’qullanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi va tegishli qaror qabul qilindi.