Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
Tikuvchilik faoliyati orqali xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

️O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi I.Qunduzov tomonidan Orom ko‘chasidagi 18-uyda istiqomat qiluvchi S.Umarovaga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida ko‘rsatilgan xizmatlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, S.Umarova tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, ayollar uchun turli liboslar tikmoqda. Hozirgi kunda uning faoliyati doirasida 20 nafardan ortiq ayol mehnat qilmoqda. Bu esa xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish jarayonida mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tikuvchilik kabi kasanachilik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5