Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Erjanova tumandagi “Orzu” mahallasida joylashgan 28-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida poliklinika shifokorlari va hamshiralari bilan suhbat o‘tkazilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ushbu toifadagi fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning qulayligi va sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.