Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati K. Babajanov tomonidan Yangibozor tumanidagi “Amudaryo” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish masalalari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganishda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, suv ta’minoti xizmatlarining sifati va uzluksizligi, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqildi. Qonun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🏛 Deputatlik o‘rganishining maqsadi — mahallada suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni aniqlash, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish.