Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
“QIZILSOY” MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 “QIZILSOY” MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI MASALASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🟢 “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni o‘rganish, aholi ehtiyojlarini inobatga olish va hududlarda ta’lim olish uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan hududdagi “Qizilsoy” mahallasida mahalla yettiligi hamda tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda yangi umumta’lim maktabi qurilishi rejalashtirilgan joyni o‘rgandi. Jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i J. Yusupov ham ishtirok etdi.
📚 Mahalla fuqarolari va faollaridan kelib tushgan takliflarda o‘quvchi yoshlar qariyb 5 kilometr uzoqlikdagi maktabga qatnab ta’lim olayotgani, shu bois mahalla hududida yangi umumta’lim maktabiga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlangan. Mahalla yettiligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, hududda 680 nafar maktab yoshidagi o‘quvchi istiqomat qiladi. Bu esa bolalarning ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish masalasining dolzarbligini ko‘rsatadi.
🟢 Bugungi kunga kelib, tuman hokimining tashabbusi bilan mazkur maktab qurilishi uchun yer ajratish va uni rasmiylashtirish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida mas’ullar ishtirokida maktab qurilishi rejalashtirilgan hudud ko‘zdan kechirildi.
🟢 Deputatlik nazorati doirasida mahalla aholisining taklif va ehtiyojlarini o‘rganish, yangi maktab qurilishi bilan bog‘liq ishlarning borishi hamda mazkur masalaning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga e’tibor qaratildi. Ushbu masala okrug deputati tomonidan nazoratga olindi.
🟢 Yangi maktab qurilishi “Qizilsoy” mahallasidagi o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash, uzoq masofaga qatnash bilan bog‘liq qiyinchiliklarni kamaytirish hamda yosh avlod uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim qadam bo‘ladi.
➡️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va takliflarini o‘rganish, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muhokama qilish hamda ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettiriladi.
📖 Ta’lim uchun yaratilgan sharoit — kelajak uchun mustahkam poydevor!

Slide 1 of 5