Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
YUNUSOBOD TUMANIDA AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH VA PROFILAKTIK KO‘RIKLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish

❗️ YUNUSOBOD TUMANIDA AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH VA PROFILAKTIK KO‘RIKLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Madjidov Toshkent shahar Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Qahramonovna Abdusattarovaga tumandagi oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda profilaktik ko‘riklarni tashkil etish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Inomjon Madjidov Yunusobod tumanida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish imkoniyatlari, oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan aholi soni, tibbiy xizmatlar qamrovi va profilaktik ko‘riklarni tashkil etish bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligida qanday natijalarga erishilgani yuzasidan savol berdi. Shuningdek, poliklinikalarga murojaat qilayotgan fuqarolar soni va profilaktik ko‘riklar samaradorligi bilan qiziqdi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Qahramonovna Abdusattarova mazkur masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yillik hisobotidagi ma’lumotlarni bayon etdi.

🏥 Jumladan, Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi tizimida 17 ta tibbiyot muassasasi faoliyat yuritayotgani, ular tarkibida markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinikalar, klinik shifoxonalar va ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari mavjudligi qayd etildi. Tumandagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan 394 984 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

📊 Ushbu aholining 110 507 nafarini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 17 075 nafarini o‘smirlar, 267 402 nafarini katta yoshdagi fuqarolar tashkil etadi. Aholiga ko‘rsatilayotgan ambulator tibbiy yordam yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida poliklinikalarda 1 898 209 ta qatnov qayd etilgani bildirildi.

🔎 Shuningdek, tuman bo‘yicha profilaktik tibbiy ko‘riklarning ulushi 55 foizni tashkil etgani, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davridagi 56,5 foizga nisbatan pasaygani qayd etildi. Aholiga uy sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uyga qatnovlarning umumiy qatnovlardagi ulushi 12 foizni tashkil etgani ma’lum qilindi.

📋 Mazkur ko‘rsatkichlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish hamda aholiga tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

✅ Muhokamada oilaviy poliklinikalar faoliyatini yaxshilash, profilaktik ko‘riklar samaradorligini oshirish va aholining birlamchi tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1