Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi

 Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan tumanda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar
ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida 2026-yilning III choragida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning bajarilish holati, ijro intizomiga rioya
etilishi hamda mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida tuman hokimligiga 4 260 ta hujjat kelib tushgan. Shundan 3 557 tasi ijroga qaratilib, 3 297 tasining ijrosi ta’minlangan, 257 tasi esa ijro jarayonida. O‘rganish yakunida topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul rahbarlarning javobgarligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish nazarda tutilgan. 

   

Slide 1 of 2