Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
Qo‘shko‘pirda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

 Qo‘shko‘pirda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Qo‘shko‘pir tumani Madaniyat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Sirajbek Azamatovich hamda tuman hokimi o‘rinbosari Xurmatbek Baxromovich ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Mehribon Tillayeva ham nutq so‘zlab, ona tilimizning milliy o‘zligimizni anglatishdagi o‘rni, ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Tadbirning badiiy qismida yangragan ona tilimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashib, o‘zbek tilining betakror jozibasi va boy imkoniyatlarini namoyon etdi.
Shuningdek, davlat tilini targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun bir guruh til fidoyilari tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Slide 1 of 1