Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 14-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan aylangan deputat M.Omonullayev tumandagi 14-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda mahalliy vakillik organlariga biriktirilgan 162 ta Qonunlar ijrosini nazorat qilish doirasida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik ta’minoti, bolalarning kunlik ozuqa ratsioni va taomlar sifati, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik me’yorlari hamda muassasaning bo‘lajak kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining sozligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bog‘cha rahbariyatiga tegishli amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 1