Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #bandlik_masalasi

KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH YO‘LIDA


⏫️ Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunda har bir fuqaroning muammosini joyida o‘rganish, uning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish alohida ahamiyat kasb etadi.

📝 1992-yil 26-avgustda tug‘ilgan, bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan Miryoqubov Tursunmurod Mirzoxid o‘g‘li doimiy ish bilan ta’minlanish hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

🇺🇿 Ushbu murojaat Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "11-Taqachi" saylov okrugi deputati Saodat Dusmuxamedova tomonidan o‘rganildi. Fuqaroning bandligini ta’minlash, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O'zLiDeP Uchtepa tumani Kengashi raisi Shaxriyor Meliyev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxasisi Umidbek Abilov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish davomida Tursunmurod Miryoqubovning 123-sonli maktabga tutash hududda maishiy xizmat ko‘rsatish va noshirlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kichik savdo shoxobchasi tashkil etish istagi ko‘rib chiqildi. Mas’ullar tomonidan fuqaroning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda belgilangan qonuniy tartiblar asosida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

💹 Bu kabi tashabbuslar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir.

🩺 Xulosa qilib aytganda, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmaydi. Asosiy maqsad — har bir fuqaroning mehnat qilishiga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga va o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdir. Tursunmurod Miryoqubovning murojaati yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari ham inson manfaatlarini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarning bir namunasidir.

Slide 1 of 6