SESSIYA KUN TARTIBIDA: TUMANDA QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARG‘IBOT HOLATI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi sessiyasi kun tartibidagi sakkizinchi masala — Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotga bag‘ishlandi.
🗣️ Mazkur masala yuzasidan axborot berish uchun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Safarov Zafar Umrzoqovichga so‘z berildi.
✅ Axborotda tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek, huquqiy targ‘ibot va ma’rifat yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar holati yoritiladi.
⚖️ Ushbu masalaning sessiyada ko‘rib chiqilishi davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasidagi ishlarni tahlil qilishga xizmat qiladi.
✅ Muhokama doirasida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash va ushbu yo‘nalishda deputatlik nazoratini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratiladi.