Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
“Yalang‘och ota” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlarini o‘rganish yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Charxiy ko‘chasi, 27-uy, 16-xonadonda istiqomat qiluvchi O.Otaboyev xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Tashrif davomida oilaning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud yordam choralarining samaradorligini baholash hamda ehtiyojmand fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3