Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
HAZORASP TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 12- VA 2-SONLI MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDAGI 13-SON MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
Buyuk Turon mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Buyuk Turon mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 17-saylov okrugi deputati Altiboyeva Muxtaram Ruzmamatovna tomonidan Buyuk Turon mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Jo‘rayev Shodiyor — MFY raisi;
🔹 To‘xtayev Arsin — hokim yordamchisi;
🔹 Jumag‘eldiyev Muslim — ijtimoiy xodim;
🔹 Sirojiddinova Nafisa — otinoyi;
🔹 Eshonqulov Ro‘ziboy — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan:
🔹 mahalladagi ishsiz fuqarolar va kambag‘al oilalar holatini o‘rganish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish imkoniyatlarini aniqlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash;
🔹 xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylarning mavjud muammolarini o‘rganish;
🔹 mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari holatini o‘rganish;
🔹 aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
bo‘yicha ishlar olib boriladi.
📋 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritiladi.
🤝 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarning amaliy yechimiga erishish. 

Slide 1 of 1