Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT MAHALLADA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati N.Gayipova aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, muammolarni tezkorlik bilan joyida hal etishga qaratilgan va “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Urganch shahridagi Gulzor mahallasida yashovchi fuqarolar bilan xonadonbay uchrashib, muloqot oʻtkazdi. 

Shuningdek, Urganch shahri Jambul mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi B.Sultonovning murojaati yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Roʻziboyev hamda shahar Kengashi deputati A.Sharipovlar bilan hamkorlikda oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Mazkur murojaat amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tahliliy oʻrganildi murojaatchiga huquqiy tushuncha berildi. 

Slide 1 of 5