Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONQADA YANGI BOG‘CHA QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QO‘SHKO‘PIRDAGI “OG‘IR TOIFA”LI MAHALLA QIYOFASI O‘ZGARMOQDA: INFRATUZILMA VA MABLAG‘LAR NAZORATDA!
янв.21
URGANCH TUMANIDA YIRIK LOYIHA: 35 GEKTARLIK «EKO-TURIZM» ZONASI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI OʻZ SAMARASINI BERDI: URGANCHDA AHOLI TALABI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSLARI VA VOLONTYORLIK HARAKATI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
YUNUSOBOD TUMAN KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI MUHOKAMA QILINDI 👇👇👇👇

Sessiyada fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, aholining dolzarb muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda murojaatlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda xalq bilan muloqotni kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirish, takroriy murojaatlarning oldini olish va fuqarolar muammolarini manzilli hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Yunusobod tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va xalq bilan ochiq muloqotni kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4