35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI: NARKOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI NAZORATDA!
янв.21
TAYANCH MAHALLASI ICHKI YO‘LLARI O‘RGANILDI: MUAMMOGA DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI YECHIM BERILADI
янв.21
TAYANCH MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
HAZORASP TUMANI "BUYUK AJDODLAR" MAHALLASIDA YO‘L VA INFRATUZILMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ TUMANI «TAGAN» MAHALLASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY KOʻRSATKICHAR VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: SHOVOTDAGI BOG‘CHA ZARUR JIHOZLAR BILAN TA’MINLANMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANI: “XITOY” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: AMALIY ISHLAR VA QONUNCHILIKKA TAKLIFLAR O‘RGANILDI
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva, tumani Kengashi deputati K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda G‘alaba mahallasida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quv va o‘yin xonalari, oshxona hamda dam olish maydonchalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishini ta’minlash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiya olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Deputatlar bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 6