Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Deputat faoliyati

📊Tuman Kengashi deputati O.Baxramova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Umarovalar “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✔️Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

✅Mazkur tashrif mahalladagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholining muammolariga tezkor va samarali yechim topish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4