Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va
xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi
PQ-184-son qarorining tumanda ijrosi, hududlarda atrof-muhit holatini
yaxshilash, ekologik barqarorlikni taʼminlash, sohada korrupsiyaviy
holatlarning oldini olish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boʻlimi tomonidan taqdim etilgan hisobot o‘rganildi va
atroflicha muhokama qilindi. 

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan sohada shaffoflikni ta’minlash, nazorat
mexanizmlarini kuchaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari
surildi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib,
mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi. 

Belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi qayd
etildi.  

Slide 1 of 3