Tibbiyot muassasalarida aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va sohada korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.
Majlisda deputatlar va tegishli tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhlar tashkil qilinib, sogʻliqni saqlash muassasalarida oʻrganish oʻtkazish hamda oʻrganish natijalarini xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida muhokama qilish belgilab olindi.
Shuningdek, sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlarini hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish ishlarini tashkil qilish rejalashtirildi.