Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar)lar Kengashlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 23-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Sh.Nazarov va qoʻmita raisining oʻrinbosari M.Kurbonboyevlar tomonidan tuman va shaharlarda yer soligʻi va ijara toʻlovlari uchun belgilangan qiymatlarga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash ishlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Unda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar)lar Kengashlari kotibiyati mudirlari, Kengashlardagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari, viloyat hokimligi iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, soliq boshqarmasi, kadastr boshqarmasi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 18-aprel kuni Ishlab chiqarish eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda belgilab berilgan
vazifalar va muhim tashabbuslar muhokama qilindi. 

Xususan, tuman va shaharlarda yer soligʻi va ijara toʻlovlari uchun belgilangan minimal qiymatlarga oshiruvchi koeffitsiyent belgilash ishlarini Xalq deputatlar viloyat Kengashlari bilan kelishgan holda tashkil qilish yuzasidan mahalliy kengash deputatlariga tushunchalar berib oʻtildi. 

Bundan tashqari mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalliy Kengashlarning normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan yuridik xizmat xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish toʻxtalib oʻtildi. 

Bunda adliya boshqarmasi masʼul xodimi O.Qalandarov tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda sohada kuzatilayotgan muammolar misolida tushuntirish va tavsiyalar berildi. 

Seminar davomida deputatlar soʻzga chiqib oʻz fikrlari va takliflarini bildirdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 

Slide 1 of 6