Jalaquduq tumanida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E.Qurbonov tomonidan tumanda imtiyozli kreditlar asosida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolar bilan doimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 26-sentyabr kuni "Yangisor" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M. Muxtorov bilan
uchrashdi. Ushbu fuqaro 100 million so‘mlik imtiyozli kredit asosida savdo sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlab, tumanda iqtisodiy faollikni oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. E’tiborli jihati shundaki, M. Muxtorov o‘z faoliyati orqali 4 nafar mahalliy aholi uchun doimiy
ish o‘rni yaratgan. Bu esa, nafaqat ishsizlikni kamaytirish, balki aholi daromadini oshirish va turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Дeputat E.Qurbonov tadbirkorga kelgusidagi rejalari, faoliyatini kengaytirish yo‘nalishlari hamda duch kelayotgan muammolar haqida so‘rov-surishtiruvlar o‘tkazdi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ham ma’lumot berdi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish
va yoshlar o‘rtasida tashabbuskorlik ruhini oshirishga xizmat qiladi.