Rasmiy tashrifi nafaqat rasmiy marosimlar, balki aniq rejalar, kelishuvlar va istiqbolli loyihalar bilan boyitildi.
Tashrifning kulminatsion nuqtasi — ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzolashi boʻldi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy safari nafaqat mahalliy, balki xalqaro siyosiy doiralarda ham katta qiziqish uygʻotdi. Tahlilchilar bu tashrifni Oʻzbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatli namunasi, deb baholamoqda.
Mazkur rasmiy tashrif ikki xalqning oʻzaro ishonch va manfaatlarga asoslangan mustahkam doʻstlik sari tashlagan dadil qadami boʻldi. Bu qadam oʻzbek va venger xalqlari oʻrtasidagi doʻstona rishtalarni ham yanada mustahkamlaydi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati X.Davletov