Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ta’limga qaratilgan e’tibor!
янв.21
Ta’limga qaratilgan e’tibor!
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
янв.21
Туркий давлатлар ҳамкорлиги – Ўзбекистоннинг тараққиёти ва халқимиз фаровонлиги учун стратегик имкониятдир
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
QONUNLARNI ISHLAB CHIQISH VA AHOLIGA YETKAZISHDA MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI FAOLLIGINI OSHIRISH BOʻYICHA UCHRASHUV

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S.Abdikarimova xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, siyosiy partiya viloyat Kengashi vakillari va ommaviy axborot vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda Senator yangi qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi va natijadorligi, avvalo, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga, shuningdek keng aholi qatlamiga sodda xalqchil tilda yetkazish borasida tushuntirish berdi.  

Shuningdek, jamiyatda aholi oʻrtasida huquqiy ongni shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mamlakatimizning oldidagi katta vazifalardan biri ekanligi toʻgʻrisida toʻxtaldi . 

Barchamizga maʼlumki, jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi ularning huquqiy zamini hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlarga bevosita bogʻliqdir. 

Senator yangi qabul qilinayotgan qonunlarni ishlab chiqilishida mahalliy Kengashlar deputatlari ham faol ishtirok etishlari, qonunlarning joylarda aholi hayotiga ijobiy taʼsirini taʼminlash yuzasidan dolzarb takliflarni bildirib borishi zarurligini bildirdi. 

Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda 2025-yilda hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat qilish masalalari yuzasidan fikr almashildilar.
  

Slide 1 of 4