Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tomonidan 49-sonli oilaviy poliklinikada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Birinchi tibbiy yordam - hayotni saqlovchi bilimlar " mavzusida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
📍 O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tashabbusi bilan "Nuroniylar" jamg‘armasi Xonqa tumani bo‘limida "Uzoq umr kaliti" mavzusida muloqot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
#Munosabat
янв.21
✅O‘zbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi tashabbusi bilan 22-sonli umumta’lim maktabi binosida "Xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish oyligi" doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Davra suhbati
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ta’limga qaratilgan e’tibor!
Ta’limga qaratilgan e’tibor!

Prezidentimiz raisligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yana-da

oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan aniq vazifalar, albatta yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi. 

Har qanday jamiyatning ertangi kuni bugungi taʼlim tizimiga bog‘liqdir. Zero, taʼlim bu shunchaki darslik, imtihon va diplomlar majmuasi emas. Bu inson tafakkuri, tarbiyasi va maqsadlarining shakllanish jarayonidir. Taʼlimi kuchli bo‘lgan jamiyatda har bir fuqaroning qadri bo‘ladi. 

Bugungi kunda taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, yangi dasturlar, zamonaviy darsliklar va

texnologiyalar muallimlardan ham yuqori malaka va yangi bilimlarni talab qilmoqda. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari masalaning ayni jihatiga alohida eʼtibor qaratib, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish bo‘yicha muhim vazifalarni belgiladi. 

Jumladan, Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Bu muallimlarning malakasini oshirishga qaratilgan ishlarni hududiy miqyosda tashkil etish imkonini beradi. 

Shuningdek, joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilinishi belgilandi.

Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga 2025-yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash hamda mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratish orqali maktablar qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi. 

O‘z navbatida biz deputatlar yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish, taʼlim tizimidagi islohotlarning natijadorligini taʼminlashda faol va tashabbuskor bo‘lishimiz zarur. Zotan, sifatli taʼlim porloq kelajak poydevoridir.


Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati
Ne'mat Matqurbanov