Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
#МУНОСАБАТ
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ta’limga qaratilgan e’tibor!
янв.21
Ta’limga qaratilgan e’tibor!
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
янв.21
Туркий давлатлар ҳамкорлиги – Ўзбекистоннинг тараққиёти ва халқимиз фаровонлиги учун стратегик имкониятдир
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
TADBIRKORLAR DEPUTATLAR NIGOHIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S.Abdikarimova Gurlan tumanida tashkil qilingan “Gurlan Global teks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan tanishdi. 

Klasterlarga yaratilgan keng imkoniyatlar va berilgan imtiyozlardan oqilona foydalanish maqsadida “Gurlan Global teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2021-yil 30-martda tashkil qilingan. 

Klasterga ajratilgan yer maydonlaridan ilmiy yondashgan holda hosildorlikni oshirish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali situatsion markaz tashkil qilingan. 

Shuningdek, energotejamkorlikni taʼminlash maqsadida quvvati 50 kVT boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan va bu boradagi ishlarini yana davom qildiryapti.  

Oʻtgan yilda 360 ta yangidan ish oʻrinlari yaratiladigan loyhalarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni yakunlangan.  

Bundan tashqari, zamonaviy tipdagi eng soʻngi rusumdagi avtomatlashgan ip kalava ishlab chiqarish hamda tayyor trikotaj mato ustiga rotatsiya usulida gul bosish sexlarini tashkil qilishgan.  

Klaster tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator mashhur xalqaro brendlar bilan hamkorlikni boshlagan.  

Uchrashuvda Senator tadbirkorliklarimizning yurtimiz rivoji va xalq farovonligi yoʻlidagi ishlarini eʼtirof etib, faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.  

Slide 1 of 4