Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilab olindi. Xususan, savdo-iqtisodiy, sanoat, innovatsion texnologiyalar, “yashil energetika”, tibbiyot, farmatsevtika, hamda ta’lim sohalarida yirik kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashrif nafaqat yirik loyihalar, balki xalq diplomatiyasining mustahkamlanishida ham muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosat – yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini yuksaltirmoqda. Biz, joylardagi deputatlar sifatida, ushbu tarixiy tashrif natijalarini joylarda to‘g‘ri tushuntirish, aholi ongiga yetkazish, va eng asosiysi – yangi imkoniyatlardan hududimizda samarali foydalanish borasida faol bo‘lishimiz zarur. Davlatimiz rahbari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlarni birgalikda amalga oshirish – bizning burchimizdir.
Samarqand shahar Kengashi deputati Farmon OCHILOV