Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali Kuvandikovich o‘z saylov okrugiga kiruvchi Xonaqo mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida deputat o‘zining amaldagi faoliyati, saylovchilar bilan ishlashdagi yondashuvi hamda yaqin istiqboldagi rejalar haqida batafsil axborot berdi.
✅ Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash (yo‘llar, ichimlik suvi, ko‘chalar yoritilishi);
Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining holatini yaxshilash;
Aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash;
Murojaatlar bilan ishlashning ochiq va tizimli mexanizmlarini kuchaytirish.
📌 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan yozib olinib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish yuzasidan choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar xalq bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.