O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 28.01.2025-yildagi "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida"gi QQ-51-V-sonli qarori asosida bugun 12.11.2025-yil Xo‘jayli tumanida "Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari: muammolar va yechimlar" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Q.R. Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov, tuman hokimi J.Ermashev, mahalliy deputatlar, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyat boshliqlari ishtirok etdi.