Yangiliklar

“AVESTO” MAHALLASIDA “YETTILIK” TIZIMI O‘RGANILDI

Mahalladagi har bir mas’ul o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholiga xizmat qilishi - bugungi islohotlarning bosh talabidir. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev va deputat M.Jumaniyazovalar "Avesto" mahallasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim ishini tahlil qildilar.

Muloqot davomida kredit ajratishdagi to‘siqlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari ko‘rib chiqildi. Har bir muammoli xonadon bo‘yicha alohida yondashuv zarurligi ta’kidlanib, deputatlar tomonidan tegishli idoralarga so‘rovlar yuborilishi shuningdek, bu borada deputatlar hamkorlikga tayyyor
ekanliklari ta’kidlandi.

Inson qadri uchun — mahallabay ishlash tizimi nazoratda! 

Slide 1 of 2