Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashining 2026-yil 11-fevral kungi tumandagi og‘ir toifadagi mahallalarni Yangi O‘zbekiston toifasiga o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi sessiya qaroriga asosan bugungi kunda mahallalarda ishlar olib borilmoqda. Xususan, bu mahallalar qatoriga kiritilgan Samanko‘l OFY hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
OFY markaziga olib boruvchi yo‘lga qora qoplamali asfalt yotqizildi. Samanko‘l OFYda olib borilayotgan ishlar tumanlik Kengash deputati B.Qurbonov tomonidan jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi.