Aholi o‘rtasida milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda to‘y-marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliklarsiz, ixcham tarzda o‘tkazish madaniyatini targ‘ib etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Unda tuman deputati Umurzoq Yarlakabov, mahalla faollari, nuroniylar hamda otinoyilar ishtirok etib, mazkur masalalarning dolzarbligi atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida aholiga milliy an’analarimizning asl mazmun-mohiyatini yetkazish, oilaviy marosimlarni me’yor asosida o‘tkazish hamda ortiqcha xarajatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.