Yangiliklar

14-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Nozimov tomonidan Zarafshon mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

14-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Nozimov tomonidan Zarafshon mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

📌 Tashrif davomida mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati, “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, xatlov blankalari, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun ishlab chiqilgan individual dasturlar hamda 2026-yil uchun shakllantirilgan “Ayollar daftari” ro‘yxati bilan yaqindan tanishildi.

📌 Muloqot jarayonida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4