Yangiliklar

О‘rganish

Joriy yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-48-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, boshqaruv idoralarining barqarorligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan.

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisining o‘rinbosari T.Yusupov tomonidan qarorga asosan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalani joyiga chiqib o‘rgandi hamda tegishli mutaxassislardan aniq ma’lumot olib masala doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi belgilandi. 

Slide 1 of 3